“Keksalar tadbiri”
“Keksalar tadbiri”
“Keksalar tadbiri”
Yurtimizda keksa avlod vakillarining jamiyatdagi oʻrni va ijtimoiy faolligini yanada oshirish maqsadida tashkil etilgan “Keksalar haftaligi” ni davom ettirish anʼanasiga sodiq qolgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi aʼzolari, Mudofaa vazirligi markaziy apparati faxriylar kengashi hamkorligida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

        Uch avlod uchrashuvi anʼanasi doirasida tashkil etilgan ushbu tadbirda “Yangi Oʻzbekiston bogʻi” ga sayohat uyushtirildi. “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasida davom etgan tadbirda   Qurolli kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli xonandalari tomonidan vatanni madh etuvchi kuy va qoʻshiqlar barchaga olam-olam quvonch hadya etdi. Ayniqsa “Jasorat” vatanparvar toʻgaragi bolajonlarining chiqishlari keksa avlod vakillariga yanada shijoat bagʻishladi. Kechada yangragan oʻzbek mumtoz qoʻshiqlari barchani raqsga chorladi. Tadbir soʻngida uzoq yillik halol mehnati, jamiyat, oilalar va mahallalarda tinchlik va totuvlikni taʼminlash, shuningdek, yosh avlodni ona vatanga muhabbat, xalqimizninig koʻp asrlik anʼanalariga hurmat ruhida tarbiyalashdagi hissasi uchun bir guruh keksalarga Faxriy yorliqlar topshirildi.

 

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing