Prokuratura organlari faxriylari “Gʻalaba bogʻi”da
 Prokuratura organlari faxriylari “Gʻalaba bogʻi”da
Prokuratura organlari faxriylari “Gʻalaba bogʻi”da
Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan oʻtkazilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasida boʻlib oʻtdi.

Unda Shahar prokuraturasi organlari faxriylari ishtirok etdi.  Yoshi ulugʻ nuroniylarninig bosib oʻtgan xayot yoʻli bugungi kun yoshlari uchun ibrat maktabidir. Tadbirda faxriylar “Gʻalaba bogʻi” hamda “Shon-sharaf” davlat muzeyi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. –“Ushbu maskan vatan neligin anglatuvchi, millatimiz shaʼnini ulugʻlovchi qutlugʻ goʻshadir,–deya eʼtirof etgan faxriylar Ikkinchi jahon urushida qahramonlik koʻrsatgan yurtdoshlarimizga tegishli boʻlgan nodir eksponat va materiallar bilan tanishdilar. Ushbu sayohat keksa faxriylarga oʻzgacha  gʻurur bahsh etibgina qolmay, bir zum boʻlsada tarix sahifalarini varaqlashga  imkon yaratdi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing