Eʼtibor va ehtiromdan Keksalar qalbi gʻurur va shijoatga toʻldi
Eʼtibor va ehtiromdan Keksalar qalbi gʻurur va shijoatga toʻldi
Eʼtibor va ehtiromdan Keksalar qalbi gʻurur va shijoatga toʻldi
Oʻzbek xalqi azal – azaldan oʻz tarixini ulugʻlab, keksa avlod vakillarini eʼzozlab kelgan.

        Bugungi kunda mamlakatimizda nuroniy otaxonu onaxonlarga qaratilayotgan eʼtibor ularning qalbiga yanada shijoat va koʻtarinki kayfiyat bagʻishlamoqda.  Yurtimizda oʻtkazilayotgan “Keksalar haftaligi” “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasida oʻzgacha fayz va koʻtarinki ruhda tashkil etilmoqda. Navbatdagi tadbir Toshkent harbiy okrugi hamda Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi Chirchiq shahar boʻlimi hamkorligida boʻlib oʻtdi. Uch avlod vakillari ishtirok etgan ushbu kecha oʻzbek mumtoz kuy va qoʻshiqlarini oʻzida jamlagan konsert dasturi bilan boshlandi. Bu esa, keksa nuroniylarga yanada shijoat va koʻtariki kayfiyat bagʻishladi. Tadbirda soʻz olgan nuroniylar mamlakatimizda keksa avlod vakillariga qaratilayotgan yuksak eʼtibor va ehtiromdan mamnun ekanliklarini izhor etishdi. Shundan soʻng, bir guruh harbiy faxriylarga Mudofaa vazirining “Namunali xizmatlari uchun” koʻkrak nishoni tantanali ravishda topshirildi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing