“KEKSALAR HAFTALIGI” KOʻTARINKI RUHDA OʻTMOQDA
“KEKSALAR HAFTALIGI” KOʻTARINKI RUHDA OʻTMOQDA
“KEKSALAR HAFTALIGI” KOʻTARINKI RUHDA OʻTMOQDA
Bunday eʼtiborni kutmagan edim!

        Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan keksa avlod vakillariga qaratilayotgan yuksak eʼtibor va gʻamxoʻrlik, chin maʼnoda bugungi kun yoshlariga oʻrnak va ular qalbida oʻzlikni anglash, millatimiz shaʼnini yanada asrab-avaylashdek masʼuliyatli vazifa yotganini chuqurroq his qilishlariga zamin yaratmoqda. Taʼkidlash joizki, yurtimizda  “Keksa avlod vakillarining jamiyatdagi oʻrni va ijtimoiy faolligini yanada oshirish, ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, jamiyatda ularning oʻrnini yanada oshirish maqsadida har yil oktyabr oyining birinchi haftasida yurtimiz miqyosida “Keksalar haftaligi”ni oʻtkazish belgilangan. Ushbu haftalik doirasida Mudofaa vazirligi tizimida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasining tashkil etilganligi ham aynan, mamlakatimizda oʻtmishni chuqurroq oʻrganib,  oʻtganlarni yod etmoq, borlarni esa, qadrlashga boʻlgan eʼtiborning yorqin misolidir. 4-oktyabr kuni mazkur majmuada Qurolli kuchlar Markaziy ashula va raqs ansamblida bir necha yillar bosh rejissyor boʻlib faoliyat yuritgan, bugungi kunda shogirdlari ardogʻida umrguzaronlik qilayotgan Goloщapov Anatoliy Grigoryevichning 80 yoshga toʻlganligi munosabati bilan taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Tinimsiz mexnati tufayli hurmat va eʼtibor qozongan Goloщapov Anatoliy Grigoryevich oʻz faoliyatini Mudofaa vazirligi  tizimida samarali olib borgan fidoiy yurtdoshlarimizdan biridir. Tadbirda otaxonga Mudofaa vazirligi rahbariyati tomonidan qimmatbaho sovgʻalar topshirildi. Qurolli kuchlar ashula raqs ansambli tomonidan ijro etilgan kuy va qoʻshiqlar barchani raqsga chorladi.

        -Men juda hayajondaman. Bunday eʼtiborni toʻgʻrisi kutmagan edim. Juda baxtiyorman. Buninig uchun Mudofaa vazirligi rahbariyatiga chuqur minnatdorchilik bildraman,–deydi koʻzida quvonch uchquni porlagan otaxon.

        Darhaqiqat, yoshi ulugʻ otaxonu-onaxonlarni qadrlash, ularning hurmatini oʻrniga qoʻyish bizning uzoq asrlik urf-odatlarimiz, anʼanalarimiz, yashash tarzimizning ajralmas bir boʻlagiga aylangan.  Bugungi tinch va osoyishta hayotda baxtli xayot kechirayotgan keksalarimizning bosib oʻtgan hayot yoʻli biz uchun katta ibrat maktabidir.

 

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing