Poytaxtimizning Olmazor tumanidagi 46, Chilonzor tumanidagi 201 hamda Shayhontohur tumanidagi 84 umumtaʼlim maktabining “Yosh Temurbeklar vatanparvar ruhida” guruhida tahsil olayotgan ertamiz egalari “Vatanga sodiq farzand boʻlaman”–deya tantanali vaʼda berishdi. Tadbirda yoshlar va ularninig ota-onalari hamda Oʻzbekiston “Yoshlar ittifoqi” tashkilotining bir guruh vakillari ishtirok etdi. Yosh isteʼdod egalari tomonidan ijro etilgan turli hil vatanni madh etuvchi kuy va qoʻshiqlar hamda sahna koʻrinishlari yigʻilganlarga koʻtarinki kayfiyat ulashdi.
Tantanali vaʼda berayotgan oʻquvchilarninig ota-onalarini koʻzlarida porlagan quvonch bugungi tinch va dorilomon kunlarga boʻlgan shukronalikdan dalolatdir.
Mening ikki farzandim bugun “Vatanga munosib va sodiq farzand boʻlaman”–deya tantanali vaʼda berdi. Ona uchun farzandining kamolini koʻrishdan ortiq baxt yoʻq. Afsus otasi bu kunlarni koʻra olmadi. Shu oʻrinda Yurtboshimizning yoshlarga qaratayotgan eʼtiboridan minnatdormiz. Tinch va osoyishta kunlarimizga koʻz tegmasin,–deya duoga qoʻl ochgan onaxon Dildora Ikromova xayotidan rozi ekanligini bot-bot takrorladi.