Joriy yilning 17-avgust kuni “G’alaba bog’i” yodgorlik majmuasiga “Temir” va “Yoshlar” daftarlariga kiritilgan va “Vatanparvar” tashkiloti tizimida bo‘lgan o‘quv muassasalarida tahsil olayotgan o‘quvchi yoshlar tashrif bururishdi. “G’alaba bog’i” yodgorlik majmuasi va “Shon-sharaf” davlat muzeyida bo‘lgan yoshlar Ikkinchi Jahon urushida xalqimizning g’alabaga qo‘shgan ulkan jasoratiga guvoh bo‘lishdi. Yoshlarda milliy merosimizning tarixiy ildizlarini o‘rganish, Vatan ozodligi yo‘lida qahramonlik ko’rsatgan buyuk ajdodlarimiz va jasur zamondoshlarimizning ibratli hayotini keng targ’ib qilish “O‘zbekiston xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo‘lmaydi!” degan hayotiy e’tiqodni qaror toptirish maqsadida tashrif buyurgan yoshlar mard va jasur, bag’rikeng xalqning farzandi ekanligidan faxrlanishdi.