Mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari polkovnik Kiresheyev Nurlan Isabekovich boshchiligidagi ushbu delegatsiya uchun joriy yilning 17-avgust kuni “G’alaba bog’i” yodgorlik majmuasiga sayohat uyushtirildi. Mehmonlarga majmua va “Shon-sharaf” davlat muzeyi haqida ilmiy hodimlar tomonidan atroflicha ma’lumot berildi. O‘zbek xalqining Ikkinchi Jahon urushidagi ishtiroki va buyuk g’alaba qo‘shgan ulkan hissasi haqida guvohlik beruvchi eksponatlar qardosh xalq harbiylarida katta qiziqish uyg’otdi.
Faxriy mehmonlardan Qirg‘iziston Respublikasi Havo himoyasi kuchlari qo‘mondoni polkovnik Aydaraliyev Qilichbek Akimovich o‘zining iliq taassurotlarini va dil so‘zlarini “Shon-sharaf” muzeyi faxriy mehmonlar kitobiga yozib qoldirdi.