Ikkinchi Jahon urushida O‘zbekiston xalqining ko‘rsatgan jasorati va matonati, shuningdek, bag’rikengligini ochib beruvchi nodir eksponatlarga yuksak baho berishdi. Shundan so‘ng, mazkur majmuaning turli davlat bilan o‘rnatilgan hamkorlik aloqalari, shu bilan birga, “Shon-sharaf” davlat muzeyining ilmiy bo‘limi tomonidan ikkinchi jahon urushiga taalluqli bo‘lgan ilmiy izlanishlari borasida ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Tashrif davomida mehmonlar Zulfiya aya Zokirova yodgorligi poyiga gulchambar qo‘yib, hurmat bajo keltirishdi. Faxriy mehmon Rossiya federatsiyasi Mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari - Bosh shtab boshlig’i armiya generali V.Gerasimov o‘zining iliq taassurotlarini esdalik sifatida yozib qoldirdi.