“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida “xotiralardan o‘rin olgan tarix” nomli kitobning taqdimoti bo‘lib o‘tdi
“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida “xotiralardan o‘rin olgan tarix” nomli kitobning taqdimoti bo‘lib o‘tdi
“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida “xotiralardan o‘rin olgan tarix” nomli kitobning taqdimoti bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 20 apreldagi PQ-5091-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “9 may – Xotira va qadrlash kuni, umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish dasturi”ning 11-bandi hamda Mudofaa vazirining 2021 yil 12 martdagi 175-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida “Xotiralardan o‘rin olgan tarix” kitobi chop etildi.

Mazkur kitob bu boradagi dastlabki qadam bo‘lib, urushga safarbar etilgan vatandoshlarimizning farzandlari, yaqin qarindoshlari va do‘stlarining xotiralari asosida yaratildi. Undagi noyob ma’lumotlar esa, Gʻaybiddin Fazliyev, Majid Samadov, Iskandar Rahmon, Muqaddas Abdusamatova kabi o‘nlab elga tanilgan jurnalist, yozuvchi, ziyoli olimlar   tomonidan taqdim etildi. 

Tadbirda elimiz suygan yozuvchi va shoirlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. So‘z olganlar urush yillarida O‘zbekiston xalqininig ko‘rsatgan qahramonligi va jasoratlarini yod oldilar. Shuningdek, “Xotiralardan o‘rin olgan tarix”  kitobini chop etishda faol ishtirok etgan xodimlar hamda yozuvchilarga  ushbu kitob  taqdim etildi. San’atkorlar tomonidan ijro etilgan kuy va qo‘shiqlar kechaga o‘zgacha shkuh bag‘ishladi.

 Ta’kidlash kerakki, mazkur kitobda keltirilgan “Mangulikka daxlor jasorat”, “Qahramonlar”, “Samarqandning shuhrat quchgan o‘g‘lonlari”, “Uch aka-uka taqdiri” nomli maqolalar kitobning urush davri xotiralari inson qalbida mangu o‘chmas xotira bo‘lib qolishi bilan ahamiyatlidir.

 

 

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing