“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi faoliyatiga bag’ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi
“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi faoliyatiga bag’ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi
“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi faoliyatiga bag’ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi
Barchaga ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 oktyabrdagi qaroriga muvofiq Mudofaa vazirligi huzurida muhtasham “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi, uning tarkibida zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarining eng ilg‘or yutuqlari asosida “Shon-sharaf” davlat muzeyi qad rosladi. Majmuaning asosiy bosh g‘oyasi: “O‘zbekiston xalqining buyuk g‘alabaga qo‘shgan beqiyos hissasi, bag‘rikenglik va insonparvarlik fazilatlari, haqiqiy jasorat va matonat timsolidir” deb belgilangan. Bu yerda namoyish etilayotgan minglab tarixiy eksponatlar Ikkinchi jahon urushida qozonilgan buyuk Gʻalabaga ulkan hissa qo‘shgan xalqimizning jasoratini tarannum etishga, yosh avlodlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdek olijanob maqsadga qaratilgan.

Ana shu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar haqida keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari xodimlariga ma’lumot berish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligining majlislar zalida “Gʻalaba bog‘i”da amalga oshirilayotgan ishlar, majmua va uning tarkibidagi “Shon-sharaf” muzeyiga onlayn platforma orqali virtual sayohat qilish bo‘yicha izlanishlar natijalari hamda hamkorlik aloqalari” mavzusida Matbuot anjumani tashkil etildi. Matbuot anjumanida mudofaa vazirining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi – matbuot kotibi Baxrom Zulfiqorov, mudofaa vazirining madaniy ishlar bo‘yicha maslahatchisi – “Gʻalaba” bog‘i yodgorlik majmuasi boshlig‘i Shuhrat Yusupov, “Gʻalaba” bog‘i yodgorlik majmuasi boshlig‘ining o‘rinbosari Davron Davletbayev, “Gʻalaba” bog‘i yodgorlik majmuasi boshlig‘ining ilmiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosari – “Shon-sharaf” muzey direktori Muxtor Shokirov spiker sifatida Respublika axborot agentliklari va ommaviy axborot vositalari vakillarining mavzu bo‘yicha savollariga javob berdilar.

“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida yurtimiz aholisi, ayniqsa yoshlar va harbiy xizmatchilar uchyn onlayn dars va seminar mashg‘ulotlarini tashkil etish, harbiy tarixni, buyuk ajdodlarimiz qahramonligini o‘rganish yuzasidan Ilmiy markazga aylantirish maqsadida Mudofaa vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi va Fanlar akademiyasi bilan hamkorlikda joriy yilning fevral oyida Qo‘shma Qaror imzolandi hamda ilmiy-tadqiqot va ekspozisiya ishlarini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida “Shon-sharaf” davlat muzeyida Ilmiy kengash tuzildi.

Ilmiy tadqiqot ishlarni amalga oshirish yuzasidan Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekistondan frontga safarbar etilgan 1.951.000ga yaqin vatandoshlarimizni nomma-nom ro‘yxatini tuzish va uning asosida “Vatan fidoyilari” elektron xotira kitobini yaratish uchun maqsadli innovasion tadqiqotlar tanlovida ishtirok etish uchun grant loyihasi tayyorlandi.

Hozirgi kunda O‘zbekiston xalqining buyuk Gʻalabaga qo‘shgan munosib hissasini ochib beruvchi tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Unga ko‘ra 100 dan

Ta’kidlash lozimki, majmua o‘z faoliyatini boshlagandan buyon 30 dan ziyod xorijiy delegasiya vakillari tashrif buyurdi va bir qator davlatlar bilan hamkorlik ishlari borasida memorandumlar imzolandi. O‘zaro hamkorlik aloqalarini yaxshilash maqsadida Respublika miqyosidagi vazirlik va idoralar bilan ham aloqalar yo‘lga qo‘yildi.

  Mazkur matbuot anjumanida ishtirokchilarga atroflicha ma’lumotlar berilib, ular o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar olishdi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing