Xalqaro hamkorlik aloqalari davom etmoqda
Xalqaro hamkorlik aloqalari davom etmoqda
Xalqaro hamkorlik aloqalari davom etmoqda
“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi nafaqat ajdodlarimizninig ikkinchi jahon urushi yillarida tinchlikni asrash yo‘lida ko‘rsatgan qahramonliklari va jasoratidan so‘zlovchi maskan, balki, bugungi kunda xalqlar o‘rtasida do‘stlik va mehr-oqibat rishtalarini mustahkamlash yo‘lida mutahkam ko‘prik vazifasini o‘tamoqda.

        Ushbu maskan faoliyati bilan qiziqayotgan xorijiy davlatlar soni esa, kun sayin ortib bormoqda. 2021 yilning 8 iyul kuni Karol Navroski boshchiligidagi Polsha respublikasidan tashrif buyurgan delegasiya a’zolari mazkur majmua faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. 
        Polsha respublikasininig o‘zbekistondagi muxtor elchisi janob Rodaslav Tomash Gruk hamda “Xalq xotirasi” instituti raisining o‘rinbosari, Gdansk shahri Ikkinchi jahon urushi muzeyi direktori janob Karol Navroskiylar O‘zbekiston xalqininig Ikkinchi jahon urushi yillarida ko‘rsatgan jasorati, qahramonligi va matonati kelajak avlodlar uchun ibrat maktabi, deya  e’tirof etdi.
        – Tarixdan ma’lumki 1940 yilda qirq mingdan ziyod polyak oilalarining O‘zbekiston Respublikasining Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston hududlariga deportasiya qilinganligi, O‘zbekistonga evakuasiya qilingan 250 mingga yaqin bolalardan 13023 nafari polyak millatiga mansub ekanligi, ularni o‘zbek oilalari asrab olganligi, qolganlarini bolalar uylariga joylashtirilganligi o‘zbek xalqining naqadar oliyjanob va insonparvar millat ekanligidan dalolatdir,– deydi Janob Navroskiy.
        Uchrashuv chog‘ida “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi rahbariyati hamda ilmiy bo‘lim xodimlari tomonidan bu yerda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar va o‘zaro hamkorlik aloqalari hususida atroflicha ma’lumotlar berildi. Shuningdek, Polsha respublikasininig O‘zbekistondagi muxtor elchisi janob Rodaslav Tomash Gruk “Shon sharaf” davlat muzeyiga Polsha xalqining ikkinchi jahon urushidagi ishtirokining ramziy nishoni hamda urush voqealari aks etgan xotira kitobini esdalik sifatida topshirdi.  
        Tadbir so‘ngida mehmonlar mazkur majmuadan olgan iliq taasurotlarini yozib qoldirdi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing