Ichki ishlar xodimlari uchun “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida ma’naviy–ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Ichki ishlar xodimlari uchun “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida ma’naviy–ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Ichki ishlar xodimlari uchun “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida ma’naviy–ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan qoidalari ustunligini tan olgan holda, mamlakatda fuqarolarining munosib hayot kechirishlarini ta’minlash, insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishni ko‘zlab, fuqarolar tinchligi va milliy totuvligini ta’minlash maqsadida qabul qilingan bo‘lib, unda belgilangan vazifalarga so‘zsiz amal qilish har bir fuqaroning burchi sanaladi.

        Yurt tinchligi va farovonligini ta’minlashda o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan kasb egalari borki, tunlarimiz osuda, qalbimiz doimo xotirjamdir. Ana shunday fidoiy kasb egalari sanalmish Ichki ishlar xodimlari jamiyat tinchligi va osoyishtaligi yo‘lida tinim bilmay xizmat qilmoqda. Ularning har tomonlama samarali xizmat qilishlari uchun  amalga oshirilayotgan turli hil tadbirlar aynan mamlakatda inson huquqlarini har tomonlama himoya qilish va inson manfaatlarini ta’minlashga qaratilmoqda. Jumladan, tarix va bugunni bog‘lovchi ko‘prik sanalmish “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi turli soha vakillari bilan hamkorlik aloqalarini tobora mustahkamlab bormoqda. Bu esa, yurtdoshlarimizni ona vatanga bo‘lgan mehri va sadoqatini yanada mustahkamlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Majmuaninig majlislar zalida Ichki ishlar vazirligining markaziy apparati xodimlari  ishtirokida bo‘lib o‘tgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir ham aynan ana shunday ezgu maqsadlarga qaratildi. Unda “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar tomonidan ikkinchi jahon urushi yillarida fidoiylik va jasorat ko‘rsatgan ajdodlarimizga oid bo‘lgan ma’lumotlar xaqida batafsil ma’lumotlar berildi. Tadbir davomida IIB xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassisilar tomonidan javoblar olishdi. Shundan so‘ng, tadbir ishtirokchilari mazkur majmua faoliyati bilan yaqindani tanishib, “Shon sharaf” davlat muzeyidagi ajdodlarimizga taaluqli bo‘lgan nodir materiallar va eksponatlar bilan tanishdilar. 
        – Ushbu tadbir IIb xodimlarida o‘zgacha taasurot qoldirdi. Boisi, ular ota-bobolarimizning vatan tinchligi asrash yo‘lida ko‘rsatgan qahramonligi va matonati, shuningdek, majmua mutaxassislari tomonidan ikkinchi jahan urushida ajdodlarimiz tomonidan amalga oshirgan sahovat va insonparvarlikni o‘zida mujassam etgan  ma’lumotlarga ega bo‘lishdi,– deydi  Ichki Ishlar vazirligi ma’naviy–ma’rifiy va kadrlar bilan ta’minlash departamenti katta inspektori Nozim Ashuraliyev.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing