Xalqaro hamkorlik istiqbollari
Xalqaro hamkorlik istiqbollari
Xalqaro hamkorlik istiqbollari
Mamlakatimizda 2021 yilning 23-25 iyun kunlari Mustaqil davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi davlatlari Mudofaa vazirliklari shaxsiy tarkibi bilan ishlash bo‘yicha idoralar rahbarlari qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad, davlatlararo o‘zaro harbiy hamkorlik va do‘stona aloqalarni yanada mustahkamlash, mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, o‘zaro tajriba almashishdan iboratdir. Do‘stona va samimiy muloqot ruhida o‘tgan uchrashuv davomida davlatlararo harbiy hamkorlik rejalari muhokama qilinib, kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish sohalarida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Tadbir doirasida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi davlatlari Mudofaa vazirliklari shaxsiy tarkibi bilan ishlash bo‘yicha idoralar rahbarlari boshchiligidagi delegatsiya poytaxtimizda joylashgan “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida ham bo‘lishdi. Shuningdek, delegatsiya a’zolari mazkur majmuadagi “Matonat madhiyasi”  monumenti poyiga gulchambar qo‘yishdi. Ushbu maskan faoliyati bilan yaqindan tanishgan mehmonlar “Shon sharaf” davlat muzeyidagi Ikkinchi jahon urushi hamda erishilgan buyuk g‘alabani o‘zida aks etgan nodir eksponatlar bilan yaqindan tanishib, o‘zlarining olgan taasurotlarini  majmuaga tashrif  buyuruvchi faxriy mehmonlarning dil izhorlarini bitish kitobiga yozib qoldirishdi. Uchrashuv so‘ngida mehmonlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing