Qoraqalpog‘istonlik yoshlar “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida
Qoraqalpog‘istonlik yoshlar “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida
Qoraqalpog‘istonlik yoshlar “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida
Mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, xalqimizning farovonligini oshirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar yuqori saviyada olib borilmoqda.

Jumladan, respublikamiz bo‘ylab aholi va yoshlar o‘rtasida turli hil ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning amalga oshirilayotgani fikrimizning yorqin dalilidir. Qoraqalpog‘iston Respublikasida joylashgan 1-Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini ma’naviy xordiq olishlari uchun poytaxtimizning turli ko‘ngilochar go‘shalariga sayohatlar uyushtirildi. Shuningdek, sayohat mobaynida ular “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida bo‘lib, “Shon-sharaf” davlat muzeyidagi nodir eksponatlar bilan yaqindan tanishdilar.
–  Ushbu sayohatda 100 dan ortiq bolajonlarimiz jam bo‘lishgan. Turli ko‘ngilochar maskanlar qatoridan “Gʻalaba bog‘i” majmuasining o‘rin olganligi tahsinga sazovor bo‘ldi. Boisi, ular bilan dildan suhbat qurganimizda aynan mazkur majmua bilan bog‘liq taasurotlarini alohida e’tirof etmoqda,–deydi  1-Mehribonlik uyi tarbiyachilari.
Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, yoshlarimiz o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish orqali ularning ma’naviyatini yuksaltirishdek buyuk maqsadlarga erishish mumkin. Bugungi kunda yurtimizda olib borilayotgan sa’y-harakatlar ham aynan ana shunday ezgu maqsadlarga qaratilgan.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing