Keksalar fikri biz uchun ibrat maktabi
Keksalar fikri biz uchun ibrat maktabi
Keksalar fikri biz uchun ibrat maktabi
“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasining barpo etilganiga qisqa vaqt bo‘lgan bo‘lsada, yurtimizda istiqomat qilayotgan barcha avlod vakillarining ushbu dargohga bo‘lgan qiziqishi kun sayin ortib bormoqda.

        Andijon viloyati Jalaquduq tumanidan "G'alaba bog'i" yodgorlik majmuasiga tashrif buyurgan Yusupov Ulug‘bek ota ushbu maskan faoliyatiga yuksak baho berib, barchamiz vatan oldida turgan o‘z farzandlik burchimizni bajarishimiz shart,–deya ta’kidladi.
– Bugun ushbu maskanni kuzatib, to‘lqinlanib ketdim. Bu dargoh chin ma’noda yoshlar uchun ibrat va ma’naviyat maskani vazifasini o‘taydi, desam xato bo‘lmaydi. Har bir hududlarga joylashtirlgan yodgorliklar va eksponatlar bilan tanishib, o‘zimizni xuddi tarixga tushib qolgandek his etdik. Hatto ko‘zimiz yoshlandi. Bu yerda Ota-bobolarimizning boshidan kechirgan ayanchli kunlari, ularning tinchlikni asrashdek muqaddas burchni sidqidildan ado etganliklarini ochib beruvchi ma’lumotlarning borligi bizni yanada xushyorlikka, ona yurtimizning har qarich tuprog‘ini muqaddas bilib, uni ko‘z qorachig‘imizdek asrashga undaydi. Men 30 yil yosh avlodga harbiy ta’lim fanidan dars berib, harbiylik sirlarini o‘rgatishda o‘z hissamni qo‘shganimdan faxrlanaman,–deydi otaxon.

        Darhaqiqat, ajdodlarni yod etib, tinch va osoyishta kunlarimiz abadiy bo'lsin, deya duoga qo'l ochib, umrguzaronlik qilayotgan keksalarni qadrlab, ularning har aytgan o'gitlaridan ma'rifat qidirib, ulardan ibrat olib Vatan osoyishtaligini ta'minlashda barchamiz mas'ulmiz.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing