Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi Gumanitar hamkorlik kengashi hamda Gumanitar hamkorlik Davlatlararo fondi boshqaruvi qo‘shma yig‘ilishi qaroriga ko‘ra Rossiya Federasiyasi Mudofaa vazirligi tomonidan “Xotiraga yo‘l” nomli internet-loyihasi ishlab chiqildi. Ushbu loyiha Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari haqidagi ommaviy axborot elektron kutubxonasi bo‘lib, foto-hujjatlar, ularning tavsifi va yangiliklarini yuklab olish imkonini beruvchi maxsus funksiyalarni o‘z ichiga oladi. Mazkur loyihada Hamdo‘stlik davlatlari va boshqa mamalakatlardagi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga taalluqli bo‘lgan ma’lumot va fotosuratlarni jamlashda ularning qarindoshlari ishtirok etishi mumkin. Buni samarali amalga oshirish uchun “Xotiraga yo‘l” (https://foto.pamyat-naroda.ru) saytida maxsus bo‘lim tashkil etilgan.
“Xotiraga yo‘l” – bu doim yangi fotosuratlar va ma’lumotlar qo‘shilib boradigan va oila tarixini yaratadigan internet-resurs.