Shunday ekan, soha vakillarining bunday mas’uliyatli va sharafli vazifani sidqidildan ado etib, vatanga munosib kadr bo‘lib yetishishlarida ilm-fanning o‘rni muhimdir. Yurtimizda ularning ma’nan yetuk va salohiyatli bo‘lib shakllanishi, mukammal bilim egallab, muqaddas ona vatanimizni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylashlari, shuningdek, ota-bobolarimizning vatan oldida bajargan muqadas burchlarini his qilishlari uchun turli maskanlar barpo etilgan. Jumladan, “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi yosh avlodni xaqiqiy vatanparvar va komil inson bo‘lib kamol topishida muhim o‘rin tutmoqda. Ushbu majmua deyarli har kuni yoshlar bilan gavjum. Erta tongdan ushbu maskanga kelgan O‘zbekiston respublikasi qurolli kuchlar harbiy tibbiyot akademiyasining bitiruvchi bochqich kursantlarining ko‘zlaridagi shijoat, ajdodlarga munosib voris bo‘lishdek muqaddas burchni bajarishga shay ekanliklaridan dalolatdir.
– Biz o‘qishni tamomlab, mustaqil faoliyat yuritish arafasida turar ekanmiz, ushbu majmuaga kelishimizdan maqsad ham, ajdodlarimizning tinchlikni asrash yo‘lida bosib o‘tgan sharafli yo‘li, matonati va jasoratidan andoza olishdir, –deydi O‘zbekiston Respublikasi qurolli kuchlar harbiy tibbiyot akademiyasining bitiruvchisi Abdullayev Shamshodbek.
Darhaqiqat, kelajakdagi buyuk maqsadlarga erishish uchun tarixga bo‘lgan etibor va hurmatning o‘rni muhimdir. Ota-bobolarimizning bosib o‘tgan xayot yo‘li yoshlarimizning Vatan oldidagi xizmatlarini sadoqat bilan ado etib, ularning kelgusidagi faoliyatiga kuch-quvvat va shijoat bag‘ishlaydi.