Moliya organlari hodimlarining o'quv amaliy seminari
Moliya organlari hodimlarining o'quv amaliy seminari
Moliya organlari hodimlarining o'quv amaliy seminari
Moliya va moliyaviy munosabatlar iqtisodiyotda, xususan, aholining iqtisodiy-ijtimoiy hayotida keng qo‘llaniladigan pul mablag‘lari harakatining ko‘p jabhali shakli sifatida namoyon bo‘ladi.

         Davlatning har tomonlama rivojlanishida Moliyaviy munosabatlarning o‘rni muhimdir. Ushbu jarayonlarni amalga oshirishda, jumladan, mablag‘lar  balanslashuvi hamda pul ta’minoti bilan bog‘liq masalalarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish ushbu soha vakillarining bilim salohiyati va  moliyaviy savodxonlik darajasiga bog‘liq. “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Mudofa vazirligi harbiy xizmatchilarining pul ta’minoti to‘g‘risidagi nizomning mazmun mohiyati va unda belgilangan vazifalarni bajarish, shuningdek, moliya organlari xodimlari o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish hamda bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratilgan o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkent harbiy okrugi moliyaviy ta’minotida turuvchi harbiy qism va muassasalarining xodimlari ishtirok etdi.
         Ushbu o‘quv-semenarni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad Moliya sohasida yangi qabul qilingan qonunlarni chuqur o‘rganish, uning mazmun-mohiyatini yosh moliyachilarimizgi tatbiq etish, harbiy xizmatchilar hamda qurolli kuchlar ishchi-xizmatchilariga to‘lanadigan ish xaqqini o‘z vaqtida amalga oshirish bilan bog‘liq masalalar atroflicha muhokama qilinib, fikr-mulohazalar bildirildi. Mazkur tadbirda yosh moliyachilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar olishdi.  Shu o‘rinda ta’kidlash joizki,  jangovor shaylikni oshirishda ham moliyaviy jarayonlarning to‘g‘ri taqsimlanishi muhim o‘rin tutadi. Ushbu o‘quv-seminarida Mudofaa vazirining buyruqlari, unda moliyaviy ta’minotning to‘g‘ri taqsimlanishiga oid belgilangan masalalar atroflicha o‘rganildi,– deydi O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlar akademiyasi Moliya bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik To‘lqin Ahmedov.
         Tadbirda harbiy xizmatchilar va ularniing oila a’zolarini ijtimoiy qo‘lllab-quvvatlashga doir masalalar ham muhokama qilindi. 
Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, Ona vataniga sodiq, harbiy xizmatga har tomonlama tayyor,  doimiy jangovar shaylikni ta’minlash, davlatning xavfsizligi va hududiy yaxlitligini himoya qilishga qodir vatan himoyachilari bor ekan, millat xotirjamdir.
         Tadbir yakunida ishtirokchilar uchun “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi va “Shon-sharaf” muzeyiga ekskursiya tashkillashtirildi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing