“GʻALABA BOGʻI” YODGORLIK MAJMUASIDA “MUSAFFO OSMON” RESPUBLIKA RASMLAR TANLOVI BO‘LIB O‘TDI
“GʻALABA BOGʻI” YODGORLIK MAJMUASIDA “MUSAFFO OSMON” RESPUBLIKA RASMLAR TANLOVI BO‘LIB O‘TDI
“GʻALABA BOGʻI” YODGORLIK MAJMUASIDA “MUSAFFO OSMON” RESPUBLIKA RASMLAR TANLOVI BO‘LIB O‘TDI
Mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi bugungi kunda yurtdoshlarimiz, ayniqsa, ertamiz egalari bo‘lmish yoshlarning sevimli maskaniga aylandi. Ushbu qutlug‘ dargoh nafaqat ajdodlarimizning matonati va jasoratidan so‘zlovchi, balki, yoshlarimiz qalbida bugungi tinch va osoyishta kunlarimizga shukronalik hissini yanada mutahkamlovchi qo‘rg‘onga aylandi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Ushbu majmuada o‘tkazilayotgan yoshlar bilan bog‘liq festivallar, anjuman va ko‘rik tanlovlarning soni kun sayin ortib bormoqda. 2021 yilning 10 iyun kuni “Gʻalaba yubog‘i” yodgorlik majmuasi hamda “Xalqaro polisiya assosiasiyasi” hamkorligida o‘tkazilgan respublika rasmlar ko‘rik tanlovi “Musaffo Osmon” shiori ostida o‘tkazildi. Respublikamizning turli viloyatlaridan 700 dan ortiq, 6 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan bolajonlar ushbu ko‘rik-tanlovda o‘z ijodiy ishlari bilan ishtirok etishdi. Ayniqsa, poytaxtimizning Sergeli, Uchtepa va Bektemir tumanidagi “Nogironlar jamiyati”dan mazkur tanlovda qatnashgan  bolalar Ona vatanga bo‘lgan mehr-muhabbatlarini o‘zlarinig ijodiy asarlari orqali bayon etib, yurtimizda ularga qaratilayotgan e’tibordan mamnun ekanliklarini izhor etishdi. 
Tanlov shartlariga ko‘ra, “Biz dunyoda tinchlik abadiy bo‘lishini hohlaymiz”, “Vatan muqaddas va yagonadir”,  “Tinchlik – bolalar tasavvurida”, “Mening shahrim – vatan posbonlari himoyasida” kabi mavzulariga oid ijodiy ishlari baholandi. Shuningdek, tanlov ishtirokchilarining ko‘pligi inobatga olinib, har bir o‘rin uchun ikki nafardan bolalar saralab olindi. Gʻoliblar diplom bilan taqdirlanib, moddiy rag‘batlantirildi. Shuningdek, mazkur tanlovda ishtirok etgan bir guruh bolalarga faxriy yorliqlar topshirildi.
Tadbirda poytaxtimizninig Yashnaobod tumanidagi 170-maktabning “Shunqor” harbiy vatanparvarlik sport klubi a’zolari tomonidan ijro etilgan jangovar chiqishlari, “Istiqlol” raqs to‘garaginig jajji raqossalari hamda  yosh sportchilar tomonidan namoyish etilgan turli xil sahna ko‘rinishlari barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Tadbir doirasida, yurtimizda olib borilayotgan vatanparvarlik tadbirlarida faol ishtirok etgan harbiy xizmatchilar va boshqa soha vakillari “Xalqaro polisiya assosiasiyasi” tomonidan ta'sis etilgan “Xalqaro polisiya hamdo‘stligini mutahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun” medali bilan taqdirlandi.
Tadbir so‘ngida barchaga o‘zbek milliy taomi bo‘lmish palov tortiq qilindi. Ta’kidlash kerakki,  ushbu tanlovda ishtirok etgan yoshlarning ko‘zlarida porlagan quvonch  ertangi va bugungi kunga bo‘lgan ishonch va shukronalikdan so‘zlayotgandek. Zero, Prezidentimiz Shakat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, –“Umuman olganda, har qanday jamiyat taraqqiyotida hal qiluvchi rolni ushbu jamiyatning kelajagiga bog‘liq bo‘lgan yosh avlodning sog‘lom va barkamol rivojlanishi o‘ynaydi. Shuning uchun islohotlarimizni kengaytirish va samaradorligini yanada oshirish masalalarida biz zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan g‘ayratli, tashabbuskor, har tomonlama rivojlangan yoshlarimizni o‘zimizga tayanch deb bilamiz”.

 

 

Nargiza SAFAROVA
“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi matbuot xizmati

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing