Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” gi qarorning mazmun mohiyatini tushuntirish va yetkazish maqsadida Harbiy prokuratura xodimlari tomonidan targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida o‘tkazilgan tadbirda ham mazkur qarorning ahamiyatli jihatlari borsida tushuntirishlar berildi. Shuningdek, Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom umumiy qoidalari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.