Tashrif mobaynida poytaxtimizdagi “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida bo‘lib,, mazkur majmua faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekiston xalqininig front va front ortida ko‘rsatgan jasorati, matonati, insonparvarligi va bag‘rikengligini namoyon etuvchi nodir materiallar va eksponatlarni ko‘zdan kechirdi. Shundan so‘ng, mazkur majmuaga tashrif buyuruvchi Faxriy mehmonlarning dil izhorlarini bitish kitobiga, o‘zlarining iliq taasurotlarini yozib qoldirishdi.
Uchrashuv so‘ngida mehmonlarga “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasining esdalik sovg‘alari topshirildi.
“Gʻalab bog‘i” yodgorlik majmuasi matbuot xizmati