"Shon-sharaf" davlat muzeyiga Rossiya Federasiyasi Davlat dumasi Mudofaa masalalari bo‘yicha qo‘mitasi raisi Vladimir Shamanovning sovg‘asi topshirildi
"Shon-sharaf" davlat muzeyiga Rossiya Federasiyasi Davlat dumasi Mudofaa masalalari bo‘yicha qo‘mitasi raisi Vladimir Shamanovning sovg‘asi topshirildi
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov Toshkent shahridagi “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasining “Shon-sharaf” davlat muzeyiga Rossiya Federasiyasi Davlat dumasi Mudofaa masalalari bo‘yicha qo‘mitasi raisi Vladimir Shamanovning sovg‘asini topshirdi.

“Marshal Jukov” deb nomlanuvchi ushbu badiiy qimmatga ega nodir buyumlar majmui rangin yog‘och quticha va qimmatbaho esdalik ruchkadan iborat. Uni general Vladimir Shamanov O‘zbekiston delegasiyasining Rossiyaga rasmiy tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan nashr etilgan “Gʻalaba bog‘i falsafasi” kitobining Moskva shahrida o‘tkazilgan taqdimoti mobaynida delegasiya rahbari Akmal Saidovga topshirgan edi.
 Bundan tashqari, Muzeyga Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi xodimlari tomonidan keyingi davrda ayni mavzudagi maqolalar chop etilgan gazetalar nusxalari va kitoblar ham taqdim etildi.
Shu kuni Milliy markaz jamoasi “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasidagi yodgorlik  monumentlari hamda “Shon-sharaf” davlat muzeyidagi nodir eksponatlar bilan tanishdilar. Shuningdek, muzeyning nodir eksponatlari qatoridan akademik Akmal Saidovning “Gʻalaba bog‘i falsafasi” nomli kitobi ham joy oldi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing