Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli tashkil etilganligining 29 yilligi keng nishonlandi
Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli tashkil etilganligining 29 yilligi keng nishonlandi
Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli tashkil etilganligining 29 yilligi keng nishonlandi
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari Markaziy ashula va raqs ansambli Mudofaa vazirligi qo‘shinlari hamda yurtimiz bo‘ylab o‘tkazib kelinayotgan ma’naviy-ma’rifiy, madaniy-hordiq va bayram tadbirlarida o‘zining harbiy-vatanparvarlik mavzusidagi kuy-qo‘shiqlari va musiqiy asarlari bilan mamlakatimiz aholisi, ayniqsa yoshlarda milliy madaniyatimiz va qadriyatlarimizga nisbatan hurmat-ehtirom, milliy armiyamizdan faxrlanish tuyg‘ularini yanada oshirishda, harbiy xizmatchilarni ona vatan taqdiri uchun hamisha ogoh va hushyor bo‘lib, xizmat va jangovar vazifalarini fidokorona bajarishga tayyor Vatan himoyachilari etib tayyorlash ishlarida faol ishtirok etib kelayotgani barchamizga ma’lum.

“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasining majlislar zalida Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli tashkil etilganligining 29 yilligi munosabati bilan bir guruh ansambl harbiy xizmatchilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining  I, II va III darajali “NAMUNALI XIZMATI UCHUN” ko‘krak nishoni, “ESDALIK NISHONI”, faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi. Bundan tashqari, “O‘zbekiston “VETERAN” jangchi-faxriy va nogironlari Birlashmasi raisi tomonidan ansamblning eng faol harbiy xizmatchilari “O‘zbekiston “VETERAN” Birlashmasi oldidagi xizmatlari uchun” medali bilan ham taqdirlandi. 
          – Bizga qaratilayotgan bunday yuksak e’tibor xizmat majburiyatlarimizni sidqidildan bajarib, samarali ijodiy faoliyat yuritib, xalqimiz, ayniqsa yosh avlodni harbiy-vatanparvarlik ruhida va buyuk sarkarda ajdodlarimizning bebaho merosiga hurmatda. Shu bilan birga, ularni vatanga bo‘lgan muhabbat va sadoqat ruhida kamol topishlarida yanada shijoat bilan ishlashga zamin yaratdi, desam mubolag‘a bo‘lmaydi,–deydi Dadaxon GʻANIYeV.
Darxaqiqat, e’tibor va g‘amho‘rlik insonga nafaqat ko‘tarinki kayfiyat, balki shijoat va g‘ayrat bilan faoliyat yuritishlarida muhim ahamiyat kasb etadi. “Gʻalaba bog‘i” bog‘i yodgorlik majmuasi rahbariyati hamda Majmua jamoasi nomidan ham barcha Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli tashkil etilganligining 29 yilligi munosabati bilan muborakbod etib, ularning kelgusidagi xizmat faoliyatlariga zafarlar tilab qolamiz. 

 

“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi Matbuot xizmati

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing