XАLQАRO FORUM ISHTIROCHILАRI “G‘АLАBА BOG‘I” YODGORLIK MАJMUАSIDА
XАLQАRO FORUM ISHTIROCHILАRI “G‘АLАBА BOG‘I” YODGORLIK MАJMUАSIDА
XАLQАRO FORUM ISHTIROCHILАRI “G‘АLАBА BOG‘I” YODGORLIK MАJMUАSIDА
O‘zbekiston “Yoshlar ittifoqi” qoshidagi “Kamalak” bolalar tashkiloti faoliyati bolalarni milliy g‘oya asosida Vatanning sodiq farzandlari va komil inson etib tarbiyalash, ularning xuquq-manfaatlarini ifoda etish va himoya qilish, isteʼdod va qobiliyatlarini namoyon qilishlari hamda rivojlantirishlari uchun shart-sharoitlar yaratib berishdan iboratdir. Yurtimizda mazkur tashkilotning 20 yilligiga bag‘ishlangan anjuman doirasida xalqaro bolalar forumi bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu forumda Rossiya, Belorussiya, Ukraina, Qirg‘iziston, Qozoqiston va boshqa qator davlatlardan hamkorlar ishtirok etmoqda. Ular mazkur anjuman doirasida poytaxtimizdagi “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga sayohat uyushtirdi. Majmua faoliyati bilan yaqindan tanishgan chet ellik mehmonlar mazkur maskan xaqida o‘zlarining iliq taassurotlarini bildirishdi.

–       Bu qutlug‘ qadamjoga kirar ekanmiz, huddi jonli tarixga kirib qolgandek his etdik o‘zimizni. Ikkinchi jahon urushida jasorat ko‘rsatgan qahramonlarni kelajak avlodga targ‘ib qilish va ularni yosh avlodga o‘rnak sifatida ko‘rsatish, ertangi kun uchun juda muhimdir. “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi hamda “Shon-sharaf” davlat muzeyi O‘zbekiston xalqining naqadar jasur va mehridaryo ekanliklarini amalda aniq va yorqin dalillar asosida ochib bera olgan. Urush yillarida mening buvim ham O‘zbekistonga evakuatsiya qilingan. Men Belorussiyada yashasamda, O‘zbekistonga bo‘lgan mehr-muhabbatim va hurmatim cheksizdir, – deydi Belorussiyalik forum ishtirokchisi Goncharova Аleksandra.

 

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing