Vatanimiz tinchligi va osoyishtaligini taʼminlashda ularning ham salmoqli hissasi bor. O‘z kasbining fidoiy va jonkuyarlari esa, doimo eʼzoz va hurmatga sazovordir. Mudofaa vazirligi huzuridagi “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini mustahkamlash, jamoat xavfsizligi va qonun ustuvorligini taʼminlashdagi beqiyos xizmatlari uchun, yurt tinchligi va osoyishtaligini saqlashda qo‘shgan munosib hissasalari uchun Ichki ishlar vazirining maslahatchisi Zokir Аlmatovich Аlmatov hamda bir guruh faxriylar Mudofaa vazirligi rahbariyati tomonidan taqdirlandi.
Tadbir davomida ishtirokchilar “Shon-sharaf” davlat muzeyi faoliyati bilan yaqindan tanishib, Ikkinchi jahon urushi yillarida tinchlik va farovonlik uchun jonini fido qilgan yurtdoshlarimizga oid eksponatlarni ko‘zdan kechirdilar.