– “G‘alaba bog‘i” bugungi kunda xalqimizning eng sevimli dargohiga aylandi desam mubolag‘a bo‘lmaydi. Garchi ko‘zimiz ojiz bo‘lsada, ota-bobolarimizning naqadar bag‘rikeng, yuksak matonat va jasorat egasi ekanliklarini yuragimizdan his etdik. Bu maskan bilan tanishar ekanmiz, qalb ko‘zimiz quvonchdan yig‘ladi. Yurtimiz tinchligi abadiy bo‘lsin, Prezidentimiz boshlagan sof va ezgu maqsadlardan bunyod etilayotgan buyuk yo‘l mustahkam va bardavom bo‘lsin, – deydi Sergeli tuman, ko‘zi ojizlar jamiyati bo‘linmasi rahbari Аbdumannon Fattohov.