Prezidentimizning tashabbusi bilan innovasion texnologiyalar asosida bunyod etilgan “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi va uning tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyi ham xalqimizning urush yillarida ko‘rsatgan mardligi va matonati, yuksak insoniy fazilatlarini namoyon etib, shu bilan birga, yosh avlodni ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qilib kelmoqda. Takidlash kerakki, muhtaram Prezidentimizning g‘oyasi asosida “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi hamda “Shon-sharaf” davlat muzeyini xalqimiz, ayniqsa yoshlar uchun harbiy tarix va ajdodlarimiz qaxramonligini o‘rganish bo‘yicha ilmiy markazga aylantirilganligi biz uchun faxrdir. Buning natijasida respublikamizning ilmiy tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari vakillari, yuqori malakali va amaliy ish tajribasiga ega bo‘lgan mutaxassislardan tuzilgan bir guruh fan doktori va fan nomzodlaridan iborat ilmiy kengash ish faoliyatini boshladi.
Bundan tashqari ikkinchi jahon urushi davri tarixi bilan bog‘liq mavzuda 12 nafar tarix fanlari yo‘nalishi bo‘yicha falsafa doktori, 400 ga yaqin talaba va kursantlar ishlmiy tadqiqot ishlarini olib borishmoqda.
18-may–Xalqaro muzeylar kuni munosabati bilan “Shon sharaf” davlat muzeyida bayramona tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda bir guruh muzey xodimlariga faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Shuningdek, san’atkorlar tomonidan ijro etilgan jozibali kuy va qo‘shiqlar barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.
–Bugungi kunda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar natijasida Shon-sharaf davlat muzeyining eksponatlari va uning fondidagi ekspozisiyalar soni o‘ttiz minga yaqinlashdi. Bu kabi izlanishlarni davom ettirib, ikkinchi jahon urushida yurtdoshlarimizning ko‘rsatgan jasorati va matonatini aks etuvchi yangi ma’lumotlar bilan muzey fondini yanada boyitib borish oldimizda turgan eng muhim vazifalardan biridir,–deydi Majmua boshlig‘i Shuhrat YuSUPOV.
Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, “Shon-sharaf” davlat muzeyida yurtimizdan yetishib chiqqan qo‘rqmas, mard va jasur, matonatli sarkardalar, jangchilardan faxrlanish, jasoratlaridan doimo ibrat olish, dunyodagi eng buyuk xalqlardan biri ekanligimizni his qilish, Vatandoshlarimizda shu zamin, shu yurt farzandi ekanligidan g‘urur, faxr-iftixor tuyg‘ularining uyg‘onishiga xizmat qilmoqda.