“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida do‘stlik va birdamlik tadbirlari davom etmoqda
“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida do‘stlik va birdamlik tadbirlari davom etmoqda
“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida do‘stlik va birdamlik tadbirlari davom etmoqda
So‘nggi yillarda yurtimizda sog‘liqni saqlash sohasiga qaratilayotgan e’tibor natijasida turli xil ommaviy tadbirlarning o‘tkazilayotganligi xalqimizning sog‘lom turmush tarziga rioya qilish hamda ish sifati samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Jumladan, “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiya xodimlari o‘rtasida “Men g‘olibman” shiori ostida ommaviy yugurish marafoni o‘tkazildi. Marafon shartiga ko‘ra, ishtirokchilar 10 km masofaga yugurib, o‘zlarining shijoati va chaqqonligini namoyon etdilar. Marraga birinchilardan bo‘lib yetib kelgan ishtirokchilarga faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.
– Ushbu marafon bizning jismonan sog‘lom va  intellektual salohiyatimizni yanada mustahkamlashda, shuningdek, tashkilotlararo hamkorlik va do‘stlik aloqalarini yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda, –deya ta’kidlashdi marafon ishtirokchilari.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing