“GʻALABA BOGʻI” YODGORLIK MAJMUASIDA 9 MAY – XOTIRA VA QADRLASH KUNIGA BAGʻISHLANGAN TANTANALI TADBIRI BO‘LIB O‘TDI
“GʻALABA BOGʻI” YODGORLIK MAJMUASIDA 9 MAY – XOTIRA VA QADRLASH KUNIGA BAGʻISHLANGAN TANTANALI TADBIRI BO‘LIB O‘TDI
“GʻALABA BOGʻI” YODGORLIK MAJMUASIDA 9 MAY – XOTIRA VA QADRLASH KUNIGA BAGʻISHLANGAN TANTANALI TADBIRI BO‘LIB O‘TDI
“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida 9 may – Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan tantanali tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

 Prezident Shavkat Mirziyoyev boqqa tashrif buyurib, “Matonat madhiyasi” yodgorligi poyiga  gulchambar qo‘ydi.

Shuningdek, Qurolli Kuchlar tizimiga kiruvchi vazirlik va idoralar vakillari ham mazkur yodgorlik poyiga gullar qo‘yishdi.

Tantanali marosimda Yurtboshimiz barcha ikkinchi jahon urushi faxriylari hamda butun o‘zbekiston xalqini ushbu qutlug‘ sana bilan muborakbod etdi. Mazkur marosimda Ikkinchi jahon urushida ishtirok etib, buyuk g‘alabaga munosib hissa qo‘shgan yurtdoshlarimiz ham ishtirok etib, ularga Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyov tomonidan qaratilayotgan yuksak e’tibor va g‘amho‘rliklar ortida O‘tmish va bugunni bog‘lovchi tarixga bo‘lgan yuksak hurmat va ehtirom, ertangi kunga bo‘lgan ishonch, kelajagimiz egalari bo‘lmish yoshlarni ona vatanga sadoqat ruhida kamol topishlari uchun yaratilayotgan mustahkam zamindir, –deya ta’kidladilar.

Tadbir davomida Ikkinchi jahon urushi davriga oid bo‘lgan, O‘zbekiston xalqining boshidan kechirgan ayanchli va og‘riqli kunlari, shu bilan birga, bugungi osuda kunlarga shukronalik hissini o‘zida aks etuvchi turli  hil sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Ta’kidlash kerakki, tadbirda ishtirok etgan yurtdoshlarimizning ko‘zlarida namoyon bo‘lgan quvonch, bugungi tichn va osoyishta xayotimizga bo‘lgan shukronalikdan dalolatdir.

 

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing