O‘zbekiston xalqining Ikkinchi jahon urushidagi jasorati, sabr-matonati, mardligi, vatanparvarligini tarannum etuvchi ijodiy ishlar tanlovining g‘oliblari aniqlandi
O‘zbekiston xalqining Ikkinchi jahon urushidagi jasorati, sabr-matonati, mardligi, vatanparvarligini tarannum etuvchi ijodiy ishlar tanlovining g‘oliblari aniqlandi
O‘zbekiston xalqining Ikkinchi jahon urushidagi jasorati, sabr-matonati, mardligi, vatanparvarligini tarannum etuvchi ijodiy ishlar tanlovining g‘oliblari aniqlandi
Xabaringiz bor, Mudofaa vazirligi tomonidan 9-may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan “Urush xotiralarda” ijodiy ishlar ko‘rik-tanlovi e’lon qilingan edi.

Bayram arfasida “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida mazkur tanlovning taqdirlash ma’rosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Mudofaa vaziri, General-leytenat Qurbonov Bahodir Nizomovich, Mudofaa vazirligi mas’ul ofiserlari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Mutaxassislardan iborat hakamlar hay’ati tomonidan rangtasvir, rassomchilik, grafika, haykaltaroshlik, xalq amaliy san’ati, bayon, insho, esse va hikoyalardan iborat 600 ga yaqin  ijodiy ishlar ko‘rib chiqildi. Yakuniy natijalarga ko‘ra quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi.

Eng oliy mukofot “GRAN-PRI” P.Benkov nomidagi Respublika Rassomlik maktabi o‘qituvchisi Egamberdiyev Hasan Bobonazarovichga nasib etdi

 

Rangtasvir nominatsiyasi bo‘yicha:

Birinchi o‘ringa Kamollidin Bexzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti 1 kurs magistratura bosqichi talabasi Niyozov Javohir loyiq topildi.

 

Ikkinchi o‘rin Toshkent viloyati Olmaliq shahar 8-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchisi Yun Polina va Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti o‘qituvchisi Qiyomov Zuxriddinga nasib etdi.

                 

Uchinchi o‘ringa erkin ijodkor Shoxin Nikolay, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti o‘qituvchisi - Xudoyberganov Rustam, P.Benkov nomidagi rassomlik maktabi o‘quvchisi Tashxodjayeva Kamilalar sazovor bo'lishdi

                

 

 

Grafika nominatsiyasi bo‘yicha:

Birinchi o‘rin erkin ijodkor Polvonov Jo‘shqinga nasib etdi

 

Ikkinchi o‘ringa Qozog‘iston Respublikasi Chimkent shahri M.Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston davlat Universiteti talabasi To‘rabekova Marjona va Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti o‘quvchisi Abdullayeva Kamolalar loyiq topildi

                     

 

Uchinchi o‘rin Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti o‘qituvchisi To‘xtaqulov Dilbek, F.Nazarov nomidagi №23 sonli musiqa va san’at maktabi o‘qituvchisi Xudoyberganov Rustam va Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti o‘qituvchisi Abdullayev Nusratillalarga nasib etdi

       

 

Haykaltaroshlik nominatsiyasi bo‘yicha, birinchi o‘rin 26  Bolalar musiqa va san’at maktabi o‘qituvchisi Muxametshina Irinaga, Bayon, insho, esse va hikoyalar nominasiyasi bo‘yicha Birinchi o‘rin, Qashqadaryo viloyati Muborak tumanida harbiy qismlarning birida xizmat qilayotgan oddiy askar Ortiqboy Kuranbayevga, Eng oliy mukofot esa, Benkov nomidagi Respublika Rassomlik maktabi o‘qituvchisi Hasan Egamberdiyevga nasib etdi. Gʻolib va sovrindorlarga diplom va qimmatbaho sovg‘alar tantanali ravishda topshirildi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing