“G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasida “Xotira bor ekan – millat barhayot” shiorida ma’naviy – ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
“G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasida “Xotira bor ekan  –  millat barhayot” shiorida ma’naviy – ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
“G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasida “Xotira bor ekan – millat barhayot” shiorida ma’naviy – ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-apreldagi “Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ham ulug‘ ishlarning ezgu namunasi sifatida bo‘y ko‘rsatdi. Qaror bilan ushbu aziz bayram tadbirlarini “Xotira bor ekan – millat barhayot”, “E’tibor va g‘amxo‘rlik – insoniy burch” shiorlari ostida yuqori saviyada o‘tkazilishi belgilangan.

            Joriy yilning 6-may kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasida joylashgan “Shon-sharaf” davlat muzeyida “Xotira bor ekan  –  millat barhayot”  mavzusida ma’naviy – ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Ichki ishlar vazirligi, “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi hamda “Shon-sharaf” davlat muzeyi ma’sul xodimlari, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari, elimiz ardog‘idagi san’atkorlar hamda Ichki ishlar vazirligiga qarashli akademik litsey o‘quvchilari ishtirok etdi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar inson uchun tinchlik va osoyishtalik eng ulug’ ne’mat ekani, tinchliksevar xalqimizning ana shu ezgu g‘oya targ‘ibiga bag‘ishlangan buyuk milliy ma’naviy merosi asrlar silsilasiga bo‘y ko‘rsatib kelayotgani, 9-may “Xotira va qadrlash kuni” tarzida umumxalq bayrami sifatida nishonlab kelayotganimiz ham aynan ana shu ezgu maqsad mujassam ekani xususida batafsil to‘xtalib o‘tdilar.

            “Xotira bor ekan  -  millat barhayot” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbirda o‘z obrazlarida Ikkinchi jahon urushi manzaralari va unda jasorat ko‘rsatgan shaxs timsolida gavdalantirgan aktyorlarning rol ijro rtish jarayonlari haqidagi fikrlari, obrazdan namunalar ijro etgani, xonandalarning vatanparvarlik mavzusidagi qo‘shiqlari ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Shuningdek Ichki ishlar vazirligiga qarashligi akademik litsey o‘quvchilarining chiqishlari tadbirga o‘zgacha shukuh baxshladi.

            Darhaqiqat, inson bor ekan, xotira  –  muqaddas. Hech kim, hech narsa esdan chiqmaydi. Xalq bugungi tinch-xotirjam zamonni asrab-avaylash, qadriga yetish uchun ham urushni, uning qahramonlarini, g‘alabaga munosib hissa qo‘shgan ajdodlarimiz xotirasini qalbida mangu saqlaydi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing