“G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasida tashkil qilingan bu ko‘rik-tanlov ishtirokchilarga o‘zgacha kayfiyat bag‘ishladi. Tashrif buyurganlar bog‘da joylashgan eksponatlar bilan yaqindan tanishishib, “Shon-sharaf” muzeyini ham tomosha qilishdi. Tanlov ishtirokchilari Ikkinchi jahon urushida front ortida xizmat qilib, O‘zbekistonday jannatmakon yurt tinchligi, farovonligi hozirgi dorilomon kunlar uchun jon bergan yurtdoshlarimizni yodga olishdi.