Ushbu bog‘ barpo etilishini Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev quyidagicha ta’kidlagan: “Bu bog‘ xalqimizning G‘alabaga qo‘shgan hissasini namoyon etishi, ota-bobolarimizning qahramonligini abadiylashtirishi kerak”, “... bu yerga kelgan yoshlar o‘ziga bilim, ruh olsin, g‘urur-iftixor tuyg‘usini anglasin, bugungi tinchlikning qadriga yetib, vatanparvar bo‘lib ulg‘aysin».
“Sexriyo” maktabining o‘quvchilari bog‘ning asosiy hiyobonida o‘rnatilgan O‘zbek generali Sobir Rahimov haykali, “Mangu jasorat” monumenti, O‘zbek ayolining matonati timsoli sifatida Zulfiya aya Zokirova, uning urushdan qaytmagan besh farzandi hamda beva qolgan to‘rt kelini xotirasiga bag‘ishlangan “Matonat madhiyasi” yodgorlik majmuasi bilan tanishib chiqdilar. Bog‘da urush davri manzaralari, jumladan, okop va blindajlar, palatkalar, dala oshxonalari va boshqa lavhalar aks etgan kompozision majmualarni ko‘rdilar. O‘sha davrdagi harbiy texnika va qurol-yarog‘lar ko‘rgazmasi ochiq osmon ostidagi ko‘rgazma bilan tanishdilar. Shuningdek, o‘quvchilar eksponatlar bilan tanishdilar va muzey kutubxonasiga tashrif buyurdilar.
Bog‘da D.A.Djalilova rahbarligida 7 “V” sinf o‘quvchilari “Biz ushbu xotiraga sodiqmiz” nomli teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishi taqdim etdilar. Urush boshlanishini e’lon qilinishi, ota-onalar farzandlarni frontga jo‘natishi, qaxramonlarni ulug‘lash sahna ko‘rinishlarini namoyon etdilar va marafon o‘tkazdilar, o‘quvchilar urush yillariga bag‘ishlangan she’rlar, qo‘shiqlar ijro etdilar.
Urush va mehnat faxriylari bilan bog‘dagi uchrashuv o‘tkazilgan tadbirlarning yorqin sahifasiga aylandi.
O‘quvchilar xalqimizning urush yillarida ko‘rsatgan mardlik va matonatini, yuksak insoniy fazilatlarini namoyon etganliklari haqida diqqat bilan tingladilar. Ushbu uchrashuv yana bir bora tinchlik-osoyishtalik, musaffo osmon, farovon hayot qanchalik bebaho ne’mat ekanligini, uni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash muqaddas burch ekanligini anglatadi.