Yurtimizda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan buyuk g’alabaning 76 yilligini munosib nishonlashga qaratilgan keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, bu borada xalqaro miqyosidagi hamkorlik uchrashuvlari kun sayin o’z samarasini ko’rsatmoqda. Jumladan, Slovakiyaning O’zbekistondagi elchisi Yan Bori hamda “G’alaba bog’i” yodgorlik majmuasi rahbariyati hamkorligida “Tinchlik daraxti” loyihasi amalga oshirildi. Shuningdek, mazkur maskan hududiga Tinchlik va osoyishtalik ramzi sifatida “Tinchlik daraxti” o’tkazildi.
15 Mar