“Vatan aziz -jasorat mangu” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
“Vatan aziz -jasorat mangu” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
“Vatan aziz -jasorat mangu” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida Olmazor tumanining Favqulotdda Vaziyatlar bo‘limi, Mudofaa Ishlari hamda tuman Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil topganligining 30 yilligi munosabati bilan “Xalq va armiya bir tan - bir jondir“ shiori ostida “Vatan aziz – jasorat mangu” mavzusida ma’naviy ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Milliy Gvardiya, Ichki ishlar bo‘limi, Favqulotdda Vaziyatlar Vazirlik va boshqarma faxriylari, tuman maktablaridagi xarbiy sinf o‘quvchilari, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari va el ardog’idagi san’atkorlar ishtirok etishdi. Shuningdek, tadbirda kitob va hunarmandchilik ko‘rgazmalari ham tashkil qilindi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi To‘lqin Eshbekovning “ Vatan aziz -jasorat mangu ” mavzusida qilgan ma’ruzasi tadbirning mazmun-mohiyatini ochib berishda alohida ahamiyatga ega bo‘ldi. Mudofaa ishlari xarbiy xizmatchilari tomonidan jangovor chiqishlar, hamda xushovoz san’atkorlarning vatanni tarannum etuvchi kuy va qo‘shiqlari tadbirni yanada ko‘tarinki ruhda o‘tishiga zamin yaratdi.

Attention! If you find an error in the text, select it and press
Ctrl + Enter to notify the administration