“Shon-sharaf” davlat muzeyi va Polsha muzeyi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
“Shon-sharaf” davlat muzeyi va Polsha muzeyi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
“Shon-sharaf” davlat muzeyi va Polsha muzeyi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
“Gʻalaba bogʻi” majmuasidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyi va Polshaning Gdansk shahridagi Ikkinchi jahon urushi davlat muzeyi oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi.

Ikkinchi jahon urushida qatnashib gʻalabaga munosib hissa qoʻshgan ikki davlat vatandoshlari haqida qimmatli maʼlumotlarni almashish maqsadida tashkillashtirilgan ushbu tadbirda Polshaning Oʻzbekistondagi muxtor elchisi Rodoslav Gruk ishtirok etdi. Soʻzga chiqqanlar Ikkinchi jahon urushi davri kechmishlarini xotirladilar, oʻzbek va polyak jangchilarining tinchlikni saqlash yoʻlidagi mardligi va jasorati eʼtirof etildi. Ezgulik yoʻlida koʻrsatilgan matonat, fidoyilik hech qachon unutilmasligi taʼkidlandi.

Shu kuni “Shon-sharaf” davlat muzeyi ekspozitsiyalar zalida Polshadagi Ikkinchi jahon urushi davlat muzeyi fondidan olib kelingan, urush davrida Oʻzbekistonda shakllantirilgan dviziya generali Vladislav Andersga bagʻishlangan ekspozitsiyaning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Attention! If you find an error in the text, select it and press
Ctrl + Enter to notify the administration