Vatan naqadar azizligin anglatuvchi dargoh bu!
Vatan naqadar azizligin anglatuvchi dargoh bu!
Vatan naqadar azizligin anglatuvchi dargoh bu!
“Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi yoshlar bilan gavjum. Erta tongdan ushbu maskanga oshiqqan talabalar, tinchlikni taʼminlash yoʻlida jon olib, jon bergan Ota-bobolarimizninig xayot yoʻlidan ibrat olish bosh maqsadimiz, – deya taʼkidlashdi. Milliy universitetning “Oʻzbek Izrail” qoʻshma fakultetining ikkinchi bosqichida tahsil olayotgan shijoatli bu yoshlar, Ikkinchi jahon urushi davrida Oʻzbekiston xalqininig front va front ortida koʻrsatgan matonati va bagʻrikengligini, vatanga boʻlgan sadoqati va koʻrsatgan qahramonliklarini madh etuvchi nodir eksponatlar bilan tanishib, oʻzlarining olgan taassurotlarini oʻrtoqlashdi.

“Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasiga ilk bora kelishim. Vatan naqadar azizligini, xaqiqiy inson qanday boʻlishini anglatuvchi dargoh ekanini yanada chuqurroq his etdim. Ushbu majmua nafaqat, oʻtmishni balki, ertangi kunimiz uchun ham boy maʼnaviyat va maʼrifat oʻchogʻini  yaratish uchun muhim omil boʻlib xizmat qiladi, – deydi ikkinchi bosqich talabasi Farangiz Nishonboyeva.

Attention! If you find an error in the text, select it and press
Ctrl + Enter to notify the administration