Kelajak egalari bo‘lmish yoshlar–yurt tayanchidir
Kelajak egalari bo‘lmish yoshlar–yurt tayanchidir
Kelajak egalari bo‘lmish yoshlar–yurt tayanchidir
2021 yilning aprel oyida yurtimizning har bir go‘shasida mini-futbol bo‘yicha Davlat Xavfsizlifi Xizmatining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlari kubogi o‘tkazilgan edi.

Unda 18-30 yosh oralig‘idagi yoshlardan tuman, shahar hamda viloyat bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan eng kuchli 14 ta jamoa 12-15 iyun kunlari poytaxtimizdagi “Bunyodkor” stadionida Davlat Xavfsizlifi Xizmati Raisi kubogi uchun o‘zaro kuch sinashadi. Respublikamiz bo‘ylab yoshlarni o‘rtoqlik va hamjihatlikka chorlovchi ushbu musobaqa doirasida barcha ishtirokchi yoshlar poytaxtimizdagi “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga sayohat uyushtirdi. Majmua hududlaridagi ajdodlarimizning vatan tinchligini asrash yo‘lida ko‘rsatgan fidoiyligi va jasoratini o‘zida madh etgan nodir eksponat va ekspozisiyalar bilan tanishgan yoshlar, bugungi tinch va osoyishta kunlarimizga shukronalar keltirib, o‘zlarinig ona yurtimizning ertangi kuni uchun kerakli inson bo‘lish ularning asosiy maqsadi ekani, shuningdek, yurtimizda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan islohotlarga o‘zlarining iliq munosabatlarini bildirishdi.

 

Attention! If you find an error in the text, select it and press
Ctrl + Enter to notify the administration