Yangiliklar
MEHR-OQIBАTDАN QUVONGАN DILLАR
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq Xalq ta’limi vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nogironligi bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi ishlab chiqilgan edi. Ma’lumki, bu borada mamlakatimizda imkoniyati cheklangan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini tubdan takomillashtirish, shuningdek, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining ilmiy-pedagogik salohiyatni oshirish yuzasidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
15 Апр
VАTАN TINCHLIGI HАR NАRSАDАN USTUNDIR
Bahorning iliq shabbodasi dilga hush kayfiyat ulashib turgan fayzli tonglar insonni o‘zgacha orzu-umidlar sari yetaklaydi. “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi bugun har kungidanda yoshlar bilan gavjum.
15 Апр
VАTАN FIDOIYLАRI DOIM E’ZOZDА
O‘zbekiston va Rossiya, hamkorlik davom etmoqda. Ikkinchi jahon urushi va urushdan keyingi yillarda xalqimiz boshiga tushgan og‘ir sinovlar va ularni yengib o‘tgan xalqimiz, o‘sha davrda Yoshlarimizning front ortida ko‘rsatgan jasorati va vatanga bo‘lgan sadoqati, xalq xo‘jaligidagi turli sohalarda ko‘rsatgan faoliyati haqida hikoya qiluvchi “Vospominaniya detey Velikoy pobedy” “Buyuk g‘alaba bolalarining xotiralari” nomli kitobi yoshlarni vatanparvarlik ruhida voyaga yetishida yana bir muhim manba sifatida chop etildi.
09 Апр
DO‘STLIK VА HАMKORLIK MEMORАNDUMI IMZOLАNDI
So‘nggi yillarda mamlakatimizda ma‘naviy va madaniy sohalar rivojiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu borada olib borilgan sa’iy harakatlar bugungi kunda o‘z samarasini bermoqda. Jumladan, Poytaxtimizda joylashgan “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasida ham bu kabi tadbirlar amalga oshirilmoqda.
30 Мар
YURTGА MUNOSIB VORIS BO‘LISH HАR BIRIMIZNING BURCHIMIZDIR
Yurtimizda aholini ijtimoiy himoya qilish va ko‘makka muhtoj oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tizimli ishlar bugun o‘z samarasini bermoqda. Ularga moddiy ko‘mak berish bilan bir qatorda maʼnaviy ko‘mak ham eng muhim masalalardan hisoblanadi. Jumladan, yurtimizdagi madaniy xordiq chiqarish maskanlari va tarixiy obidalar kabi maskanlar bilan yaqinroq tanishishi maqsadida qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi hamda “O‘zavtovokzal” servis unitar korxonasi hamkorligida Poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumani Аvayxon mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qilayotgan kam taʼminlangan, boquvchisini yo‘qotgan, “Temir daftar”ga kiritilgan fuqarolar, shu jumladan bir guruh yoshlarni “G‘alaba bog‘i” hamda uning hududidagi “Shon sharaf” davlat muzeyiga sayohat uyushtirildi.
30 Мар
VАTАN TINCHLIGI HАR NАRSАDАN USTUNDIR
Samarqandlik yoshlar “G'alaba bog'i” yodgorlik majmuasida
27 Мар
“G’ALABA BOG’I” YODGORLIK MAJMUASIDA TINCHLIK DARAXTI BO’Y CHO’ZMOQDA
Yurtimizda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan buyuk g’alabaning 76 yilligini munosib nishonlashga qaratilgan keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, bu borada xalqaro miqyosidagi hamkorlik uchrashuvlari kun sayin o’z samarasini ko’rsatmoqda. Jumladan, Slovakiyaning O’zbekistondagi elchisi Yan Bori hamda “G’alaba bog’i” yodgorlik majmuasi rahbariyati hamkorligida “Tinchlik daraxti” loyihasi amalga oshirildi. Shuningdek, mazkur maskan hududiga Tinchlik va osoyishtalik ramzi sifatida “Tinchlik daraxti” o’tkazildi.
15 Мар
УЗБЕКИСТАН ЧТИТ СВОИХ ГЕРОЕВ
Историк Давид Калонтаров, в течение ряда лет вместе со своим отцом Аркадием Калонтаровым занимающийся благородным делом увековечения памяти евреев-участников Второй мировой войны, недавно вернулся из Узбекистана, где участвовал в обсуждении возможностей дальнейшего развития сотрудничества Израиля и Узбекистана в изучении вклада народов этой центральноазиатской страны в победу над нацизмом.
06 Янв
Attention! If you find an error in the text, select it and press
Ctrl + Enter to notify the administration