Янгиликлар
CHIRCHIQ TRANSFORMATOR ZAVODI JAMOASINING TASHRIFI
Kuni kecha “G'alaba bog'i” yodgorlik majmuasiga Toshkent viloyati Chirchiq shahrida joylashgan Trasformator zavodi ishchi-xizmatchilari majmuaga tashrif buyurishdi.
03 Май
“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 9 sentyabrdagi “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi faoliyatini tashkil etish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4820-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi, “Shon-Sharaf” davlat muzeyi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, Markaziy Osiyo xalqaro instituti bilan hamkorlikda “Markaziy Osiyo xalqlari tarixi va xotirasida Ikkinchi jahon urushi: voqealar, ishtirokchilar, ramzlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Mazkur konferensiyada Polsha, AQSH, Belarus Respublikasi, Indoneziya, Hindiston, Rossiya Federasiyasi, Qozog‘iston, Quvayt, Fransiya, Italiya, Xitoy, Koreya Respublikasi, Qirg‘iziston, Tojikiston kabi xorijiy davlatlarning diplomatik korpus vakillari, harbiy attashelari ishtirok etdi.
30 Апр
“G’alaba bog’i” yodgorlik majmuasida “Uch avlod uchrashuvi”
Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining tashabbusi bilan joriy yilning 28-aprel kuni Sirdaryo viloyatining bir guruh uyushmagan, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yigit-qizlar hamda Faxriylarning Toshkent shaxrida joylashgan “G’alaba bog’i” yodgorlik majmuasiga tashrifi uyishtirildi. Mehmonlar xarbiy orkestr sadolari ostida tantanali kutib olindi. Tadbir ishtirokchilari, O‘zbekiston xalqining front va front orti jasorati, mashaqatli mehnatlari shuninmgdek, erishilgan g’alabaga qo‘shgan ulkan hissasi bilan yaqindan tanishdilar.
28 Апр
HАMKORLIK АLOQАLАRI MUTАHKАMLАNMOQDА
Rossiya Federatsiyasi davlat dumasi Mudofaa masalalari bo‘yicha qo‘mita raisi, Rossiya Qahramonlari assotsiatsiyasi prezidenti, Rossiya Federatsiyasi Qahramoni Vladimir Shamanov boshchiligidagi delegatsiya yurtimizga mehmon bo‘lib keldi.
24 Апр
BАXTLI BOLАLIKDАN АYRILGАN QАLBLАR
“G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi harbiy xizmatchilari Poytaxtimizninig Uchtepa tumanida istiqomat qilayotgan Burykin Аnatoliy Ivanovich xonadonida bo‘lishdi. Otaxon o‘tmish xotiralarini eslar ekan, 1941 Insoniyat boshiga kelgan musibatlar, fashistlar tomonidan amalga oshirilgan qabihlik va yovuzliklar u kabi murg‘ak qalblarni bolalik baxtidan judo qilib, unutib bo‘lmas azobu-uqubatlarga ro‘baro‘ qilganini so‘zlab berdi.
19 Апр
MEHR-OQIBАTDАN QUVONGАN DILLАR
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq Xalq ta’limi vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nogironligi bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi ishlab chiqilgan edi. Ma’lumki, bu borada mamlakatimizda imkoniyati cheklangan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini tubdan takomillashtirish, shuningdek, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining ilmiy-pedagogik salohiyatni oshirish yuzasidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
15 Апр
VАTАN TINCHLIGI HАR NАRSАDАN USTUNDIR
Bahorning iliq shabbodasi dilga hush kayfiyat ulashib turgan fayzli tonglar insonni o‘zgacha orzu-umidlar sari yetaklaydi. “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi bugun har kungidanda yoshlar bilan gavjum.
15 Апр
VАTАN FIDOIYLАRI DOIM E’ZOZDА
O‘zbekiston va Rossiya, hamkorlik davom etmoqda. Ikkinchi jahon urushi va urushdan keyingi yillarda xalqimiz boshiga tushgan og‘ir sinovlar va ularni yengib o‘tgan xalqimiz, o‘sha davrda Yoshlarimizning front ortida ko‘rsatgan jasorati va vatanga bo‘lgan sadoqati, xalq xo‘jaligidagi turli sohalarda ko‘rsatgan faoliyati haqida hikoya qiluvchi “Vospominaniya detey Velikoy pobedy” “Buyuk g‘alaba bolalarining xotiralari” nomli kitobi yoshlarni vatanparvarlik ruhida voyaga yetishida yana bir muhim manba sifatida chop etildi.
09 Апр
Attention! If you find an error in the text, select it and press
Ctrl + Enter to notify the administration