18-may “Xalqaro muzeylar” kuni munosabati bilan “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi huzuridagi “Shon-sharaf” davlat muzeyida bayram dasturi tashkil etildi
18-may “Xalqaro muzeylar” kuni munosabati bilan “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi huzuridagi “Shon-sharaf” davlat muzeyida bayram dasturi tashkil etildi
18-may “Xalqaro muzeylar” kuni munosabati bilan “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi huzuridagi “Shon-sharaf” davlat muzeyida bayram dasturi tashkil etildi
18-may “Xalqaro muzeylar” kuni munosabati bilan “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi huzuridagi “Shon-sharaf” davlat muzeyining majlislar zalida tantanali bayram dasturi tashkil etildi.

        Unda O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalistlar, fan nomzodlari, professorlar hamda poytaxtimizdagi qator muzeylarda faoliyat yurtiayotgan muzeyshunos olimlar, Mudofaa vazirligi mas’ul ofiserlari ishtirok etdi. Tadbir avvalida Mudofaa vazirining Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Qarshiyev Hamdam Aliqulovich soha vakillarini ushbu sana bilan muborakbod etdi. Shundan so‘ng, “Qurolli kuchlar” hamda “Shon sharaf” davlat muzeyida fidokorona mexnat qilib, yoshlarni ona vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashda jonbozlik ko‘rsatib kelayotgan bir guruh mutaxassislar Mudofaa vazirining  “Namunali xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni hamda “Esdalik nishoni” va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi. Shuningdek,  tadbirda Mudofaa vazirining Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan soha vakillariga qimmatbaho sovg‘alar va faxriy yorliqlar topshirildi.
        Shuningdek, tadbirda “Markaziy Osiyo xalqlari tarixi va xotirasida Ikkinchi jahon urushi: voqealar, ishtirokchilar, ramzlar”  hamda  “Shon-sharaf” davlat muzeyi kitoblarining taqdimot ma’rosimi ham bo‘lib o‘tdi.
        Tadbirda so‘z olganlar bugungi tinch va osuda kunlarimiz uchun o‘z jonini fido qilgan buyuk ajdodlarimiz xotirasini abadiylashtirishdek ezgu maqsadlar yo‘lida xizmat qilib kelayotgan “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi hamda “Shon-sharaf” davlat muzeyi xodimlariga chuqur minnatdorchilik izhor etdi. Tadbirda ishtirok etgan faxriy mehmonlar hamda ushbu kitoblarda maqolalari chop etilgan mualliflarga mazkur kitoblar esdalik sifatida sovg‘a qilindi.

 

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing